+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-05-11 08:25 60

“Seoul International Food Olympics 2025” – O‘zbekiston oshpazlari xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozondilar!

2025-yil 11-may kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan The 22nd Seoul International Food & Tableware Festival 2025 doirasidagi nufuzli “Seoul International Food Olympics 2025” musobaqasida O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi jamoasi faxrli 1-o‘rin va Gran-pri sovriniga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 1000 dan ortiq tajribali oshpaz ishtirok etdi. Qattiq raqobat, yuqori talablar va keskin baholash tizimiga qaramay, jamoamiz o‘zining yuksak tayyorgarligi va mahoratli chiqishi bilan hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mehnatlarimiz zoye ketmadi — jamoaviy hamjihatlik, birlik va kasbga bo‘lgan sadoqat tufayli O‘zbekiston bayrog‘i yana bir bor xalqaro sahnada baland ko‘tarildi!

Ushbu g‘alabaga erishishda ko‘rsatgan yordam va qo‘llab-quvvatlovi uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasiga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

photo_2025-05-10_11-02-41 

 

 

Festival haqida qisqacha

 

 

Seoul International Food & Tableware Festival — Janubiy Koreyaning eng yirik gastronomik tadbirlaridan biri bo‘lib, har yili o‘tkaziladi. Unda turli davlatlardan kelgan oshpazlar, oziq-ovqat mutaxassislari va sanoat vakillari o‘z mahsulotlari, milliy taomlari va taom tayyorlash texnikasini namoyish etadilar. Festival doirasidagi “Food Olympics” esa dunyodagi eng nufuzli kulinariya musobaqalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.