+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-10-30 17:30 171

Oshpazlar malakasini oshirish kurslari tashkil etildi

“NKMK” AJ hamda NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bilan kelishilgan holda “NKMK jamg‘armasi” DMning Ovqatlanish kombinatlari tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi.

Mazkur reja asosida “NKMK jamg‘armasi” DM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda Jamg‘arma tarkibidagi oshpazlar uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

— Mazkur kurslarda oshpazlar sog‘lom va profilaktik ovqatlantirish sohasidagi yangiliklar, shuningdek, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bilan tanishmoqdalar, — deydi “Uchquduq” ovqatlanish kombinati 4-oshxonasi oshpazi Nafisa Hamroyeva.

Ushbu tashabbus xodimlar malakasini oshirish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish va taqdim etilayotgan ovqatlanish sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.