Samarqand shahrida yurtimizning eng yirik gastronomik tadbirlaridan biri қизғин тарзда ўтмоқда!
1 AVGUST
Festivalning ilk kunida O‘zbekistonning 14 viloyatidan келган mahoratli oshpazlar o‘z hududlariga xos milliy osh turlarini tayyorlab, tomoshabinlar ва мутахассислар етиборига ҳавола этишди. Musobaqa чемпионат tarzida tashkil etildi — har bir osh o‘zining mazzasi, uslubi ва taqdimoti билан ajralib turdi.
2 AVGUST
Festival doirasida Buyuk Ipak yo‘li taomlari xalqaro festivali o‘tkazildi. Xitoy, Turkiya, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston ва бошқа мамлакатлардан келган oshpazlar o‘z milliy taomlarini tayyorlab, mehmonlarga taqdim etishdi. Bu kun dunyo xalqlari oshxonasi ва madaniyatining chinakam bayramiga aylandi!
3 AVGUST
Festivalning eng kutilgan voqeasi! Samarqandning tarixiy markazi — Boqiy shahar hududida 7 TONNALIK Samarqand oshi tayyorlanadi! Bu nafaqat kulinariya rekordi, balki xalqimizning bag‘rikengligi ва milliy taomlarga bo‘lgan muhabbati ramzi sifatida o‘tadi.
Biz pazandachilik bayramidan qiziqarli ma’lumotlar ва eksklyuziv kadrlar bilan ulashishda davom etamiz. Kuzatishda davom eting!

