+998712667800, +998712667778 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, st. Oltin tepa, 354-uy
2025-04-06 10:15 15

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

4-aprel kuni Alfraganus universitetida “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida katta festival bo‘lib o‘tdi!

“Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda milliy taomlar va san’at bellashuvlari o‘zgacha ruhda o‘tkazildi:

– “Osh musobaqasi: ta’m, dizayn va kreativlik jangi”
– “Kabob master” – eng zo‘r kabob tayyorlash bellashuvi
– “O‘zbek somsasi – eng zo‘ri kim?”
– “Go‘zallikni kesib yarating” – karvin sanʼati tanlovi

Bellashuvlarga baho berishda O‘zbekiston Oshpazlar Uyushmasi a’zolari — T. Umaraliyev, A. Adilov va A. Ro‘ziboyev hakam sifatida ishtirok etib, professional yondashuv bilan adolatli baholashni ta’minladilar.

Festival yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrni oshirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Navro‘z barchamizga fayz-u baraka, totuvlik va shodlik olib kelsin!